Video yuklang — Capuz o‘zbekcha nutqni o‘zi yozadi, har so‘zni vaqtga moslaydi va chiroyli subtitr bilan videoga tushiradi. Reels, TikTok va Shorts uchun tayyor.
Montaj dasturi kerak emas. Telefoningizning o‘zida, bir necha bosishda.
Galereyadan, fayllardan yoki Telegram’dan — gorizontal ham, vertikal ham.

O‘zbekcha nutq matnga aylanadi, har so‘z aytilgan soniyasiga moslanadi.

Kerak bo‘lsa so‘zni tuzating, rang va shriftni o‘zgartiring — galereyaga saqlang.

Neon, Karaoke, Pop va yana 9 ta uslub. Har biri so‘z aytilishi bilan jonlanadi — tomoshabin oxirigacha ko‘radi.
Umumiy “hamma til” dasturlari o‘zbekchani buzadi. Capuz faqat o‘zbek nutqi uchun o‘rgatilgan model bilan ishlaydi.
Sheva, tez gap, “o‘” va “g‘” — to‘g‘ri yoziladi. Ortiqcha “eee”, “hmm” o‘zi olib tashlanadi.
Matn, vaqt, rang, shrift va animatsiya — hammasi qo‘l ostida, natija darhol ko‘rinadi.
Serverga faqat ovoz ketadi va u saqlanmaydi. Videoning o‘zi telefoningizdan chiqmaydi.
Yuqori sifatda eksport yoki YouTube uchun alohida SRT fayl.
Bitta so‘z, uch so‘z yoki to‘liq jumla — Reels va Shorts uchun eng qulayini tanlang.
Bir daqiqalik video odatda bir daqiqada tayyor bo‘ladi.
Ko‘proq video kerak bo‘lsa — tarif oling. To‘lov Click orqali, ilova ichida.
Tariflar 30 kunga. Do‘stlardan yig‘ilgan Capuz balansi narxdan o‘zi ayiriladi.
Profil → Do‘stlar bo‘limidan kodingizni oling va ulashing. Yig‘ilgan balans bilan tarifni arzonroq yoki butunlay bepul oling.
Faqat o‘zbek tilini. Shu sababli o‘zbekchani umumiy dasturlardan ancha aniq yozadi. Rus yoki ingliz tilidagi videolar uchun mo‘ljallanmagan.
Yo‘q. Telefon videodan faqat ovozni ajratib yuboradi, server matnni qaytaradi va ovozni saqlamaydi. Subtitr videoga telefonning o‘zida tushiriladi.
Haftasiga 3 ta video, har biri 60 soniyagacha. Bepul videolarda burchakda kichik “capuz.uz” belgisi turadi.
Ilova ichida Click orqali — Uzcard yoki Humo kartasi bilan. Tarif 30 kunga yoqiladi, avtomatik yechib olinmaydi.
Ha. Muharrirda istalgan so‘zni bosib o‘zgartirasiz — vaqti saqlanib qoladi.
Android versiyasi tayyorlanmoqda va tez orada Google Play’da chiqadi. Hozircha iPhone uchun App Store’da.
Yuklab oling va bepul sinab ko‘ring.